22 mingdan ziyod xodim ishlaydigan 59 ta ip-yigiruv korxonasiga oyiga 25 ming tonna tola yetishmaydi
Foto: president.uz
Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Yigʻilishda toʻqimachilik korxonalarini paxta tolasi va ip-kalava bilan uzluksiz taʼminlash zarurligi taʼkidlandi.
Ichki bozorda tanqislik tufayli paxta tolasining narxi xalqaro birjalardan yuqori boʻlib, 1 tonnasi 37 million soʻmgacha yetmoqda. Oqibatda 22 mingdan ziyod xodim ishlaydigan 59 ta ip-yigiruv korxonasiga oyiga 25 ming tonna tola yetishmaydi.
Shu bois, Komissiya nazorati ostida:
— Nyu-York birjasida paxta tolasi narxi keskin oshsa, tola mahalliy birjaga 10 foiz chegirma bilan qoʻyiladi;
— klasterlar oʻz ehtiyojidan ortiq tolani oyma-oy majburiy birjaga chiqaradi;
— barcha ip-kalava korxonalari ishlab chiqargan mahsulotning kamida 30 foizini birja orqali sotadi;
— birjada sotib olingan ip-kalava uchun toʻlovni bank kafolati orqali 3 oygacha boʻlib-boʻlib toʻlash mexanizmi joriy etiladi;
— qayta ishlash quvvatlariga ega boʻlmagan klasterlarga imtiyozli kredit 14 oyga beriladi (hozir – 24 oy).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring