2026-yilgi Jahon chempionatining qurʼa tashlash marosimi qachon, qayerda boʻlib oʻtadi?
2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlash marosimi qachon va qayerda oʻtkazilishi maʼlum boʻldi. Bu haqda FIFA oʻzining rasmiy saytida maʼlumot berdi.
Unga koʻra, 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlash marosimi joriy yilning 5-dekabr kuni Vashington shahridagi Kennedi markazida oʻtkaziladi.
“Jahon chempionati tarixidagi eng uzoq kutilgan qurʼa marosimini AQSHning madaniy yuragi boʻlgan Kennedi markazida oʻtkazishdan mamnunmiz. Bu – turnir yoʻlidagi muhim bosqich boʻlib, 2026-yilgi eng yirik sport tadbiriga tayyorgarlik jarayonida asosiy voqealardan biri hisoblanadi. Biz jamoa delegatsiyalari, hamkorlarimiz, OAV va eng muhimi, 16 mezbon shahar muxlislarini AQSH poytaxtida kutmoqdamiz”, — deydi FIFA prezidenti Janni Infantino.
Maʼlumot uchun, bugungi kunga kelib, mezbonlardan tashqari yana 10 terma jamoa Jahon chempionati yoʻllanmasiga ega chiqqan. Bular: Oʻzbekiston, Argentina, Avstraliya, Braziliya, Ekvador, Eron, Yaponiya, Iordaniya, Koreya Respublikasi hamda Yangi Zelandiya.
Kanada, Meksika va AQSH yashil maydonlarida oʻtkaziladigan mundial bahslarida 48 ta terma jamoa ishtirok etadi. Qurʼa tashlash kuniga qadar Jahon chempionatida ishtirok etuvchi 42 jamoa aniqlangan boʻladi. Qolgan 6 yoʻllanma esa 2026-yil mart oyida oʻtkaziladigan pley-off bahslari orqali aniqlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring