2026-yildan issiqxona xoʻjaliklari uzluksiz ishlashini taʼminlash uchun imtiyozlar beriladi

“Issiqxona xoʻjaliklari faoliyati samaradorligini oshirish va eksport hajmini koʻpaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–181-son, 08.10.2025-y.) qabul qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, ushbu farmonni qabul qilishdan koʻzlangan maqsad etib meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti hajmini koʻpaytirish, issiqxona xoʻjaliklari faoliyatini yanada rivojlantirish hamda yangi zaxira va imkoniyatlarni ishga solish belgilangan.
Mazkur farmonga koʻra, 2025–2027-yillarda meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti hajmini oshirish, issiqxona xoʻjaliklari faoliyatini yanada rivojlantirish hamda qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib quyidagilar belgilangan:
- meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti hajmini 2026-yilda – 3,5 milliard AQSH dollari, 2027-yilda 4 milliard AQSH dollariga yetkazish;
- issiqxona xoʻjaliklarini tabiiy gaz bilan kafolatli taʼminlagan holda meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish hajmini
- 2026-yilda – 620 ming tonnaga, 2027-yilda 670 ming tonnaga yetkazish, ushbu mahsulotlarning eksporti hajmini 30 foizdan 70 foizga oshirish;
- 2026-yilda qoʻshimcha aniqlangan 20 ming gektar, 2027-yilda 15 ming gektar dala chetiga mevali koʻchat va sabzavotlar ekishni tashkil etish.
Shuningdek, issiqxona xoʻjaliklari uzluksiz ishlashini taʼminlash uchun ularga quyidagi imtiyozlar berildi:
- 2026-yil 1-yanvardan boshlab 2028-yil yakuniga qadar ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz etib;
- 2025-yil 1-oktyabr holatiga mavjud soliq qarzi yuzasidan toʻlov muddati foizlarni hisoblamagan holda 2028-yil yakuniga qadar uzaytiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring