2026-yildan “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili yoʻlga qoʻyiladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda yana bir muhim yangilikni eʼlon qildi – 2026-yildan “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili asosida tadbirkorlik faoliyatini toʻlaqonli yoʻlga qoʻyish mumkin boʻladi.
Bunda, tadbirkorni roʻyxatdan oʻtkazish jarayonining oʻzida:
• elektron raqamli imzo beriladi;
• bankda hisobraqam ochiladi;
• xohishiga koʻra ijara shartnomasi rasmiylashtiriladi;
• kassa apparati soliq organida roʻyxatdan oʻtkaziladi;
• shu yoʻnalishga masʼul davlat organlariga xabarnoma joʻnatiladi.
Natijada bu jarayonlar uchun talab etiladigan muddat hozirgi 1 haftadan 15 daqiqaga qisqaradi.
Koʻchat, mineral oʻgʻit, poyabzal, chorva ozuqasi kabi sanitariya, veterinariya, karantin nazoratida boʻlgan 32 toifadagi mahsulotlar uchun muvofiqlik sertifikati bekor qilinadi.
Majburiy sertifikatlanadigan tovarlar roʻyxati 459 taga qisqartirildi. Roʻyxat yana 288 taga kamaytiriladi.
Umuman, mahsulotlar xavfsizligi va sifatini taʼminlash hamda uni baholash bilan bogʻliq milliy infratuzilma tubdan isloh qilinib, xalqaro standartlarga moslashtiriladi.
Bunda, eng avvalo, sertifikatsiya oʻrniga muvofiqlikni deklaratsiyalash amaliyoti keng joriy etiladi.
«Texnik jihatdan tartibga solish tizimi butunlay transformatsiya qilinadi. Mamlakatimizga dunyodagi eng nufuzli xalqaro tan olingan laboratoriyalar kirib kelishi uchun barcha sharoitlarni yaratib beramiz.
Endi, mahsulotlar sifati boʻyicha “bozor nazorati” tizimiga oʻtamiz. Bundan keyin nazorat obyekti tadbirkor emas, balki bevosita mahsulotni oʻzi boʻladi», dedi Prezident.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring