2026-yil 1-yanvardan Hisob palatasi faoliyati har 5-yilda kamida 1 marotaba tashqi baholashdan oʻtkaziladi

17:45 19 Dekabr 2025 Hujjatlar
637 0

“Davlat auditi va moliyaviy nazorati faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–252-son, 18.12.2025-y.) qabul qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.

Unda aytilishicha, mazkur farmonga koʻra, 2026-yil 1-yanvardan Hisob palatasi faoliyati har 5-yilda kamida 1 marotaba tashqi baholashdan oʻtkaziladi.

Hisob palatasi faoliyati quyidagi shartlarda tashqi baholashdan oʻtkaziladi:

  • organlarining xalqaro tashkiloti (INTOSAI) va boshqa xalqaro darajada tan olingan tashkilotlar metodologiyalari asosida;
  • kelishuv doirasida xalqaro tashkilotlar yoki xorijiy davlatlarning oliy audit organlari tomonidan;
  • mustaqil baholash jarayonini tashkil etish, faoliyati boʻyicha barcha maʼlumotlarni taqdim etish, natijalarini jamoatchilik uchun eʼlon qilish.

Hisob palatasiga quyidagi auditlarni oʻtkazishni yoʻlga qoʻyishga ruxsat etiladi, jumladan:

  • xalqaro moliya institutlari hamda xorijiy hukumat moliya tashkilotlari murojaatlari va texnik topshiriqlari asosida ularning mablagʻlari hisobidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan loyihalarning moliyaviy auditi;
  • xalqaro tashkilotlarning tanlovlarida ishtirok etish yoki oʻzaro kelishuvlar orqali ularning faoliyati, loyihalari va dasturlari auditi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер