2025-yilning yanvar-iyun oylarida oʻrtacha oylik ish haqi miqdori qancha boʻlgan?

11:12 25 Iyul 2025 Iqtisodiyot
238 0

Milliy statistika qoʻmitasi 2025-yilning yanvar-iyun oylari uchun hududlar boʻyicha oʻrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ochiqladi.

Maʼlum qilinishicha, respublika boʻylab 2025-yilning yanvar-iyun oylarida oʻrtacha oylik ish haqi 5 million 982,3 ming soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 17,2 foizga oʻsgan.

Hududlar kesimida oʻrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqlari Toshkent shahrida 10 million 138,4 ming soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 18,8 foizga oʻsganligi kuzatilgan.

Shuningdek, ushbu koʻrsatkich Sirdaryo viloyatida 4 million 789,8 ming soʻmni, Jizzax viloyatida 4 million 476,8 ming soʻmni, Fargʻona viloyatida 4 million 443,8 ming soʻmni, Namangan viloyatida 4 million 350,1 ming soʻmni hamda Surxondaryo viloyatida 4 million 256,5 ming soʻmni tashkil etgan.

Bundan tashqari, oʻrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi Andijon viloyatida 4 million 935,3 ming soʻmni, Navoiy viloyatida 7 million 486,4 ming soʻmni, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 4 million 757,2 ming soʻmni, Qashqadaryo viloyatida 4 million 148,3 ming soʻmni, Buxoro viloyatida 4 million 787,3 ming soʻmni, Toshkent viloyatida 5 million 674,4 ming soʻmni, Xorazm viloyatida 4 million 720,1 ming soʻmni va Samarqand viloyatida 4 million 435,4 ming soʻmni tashkil etib, boshqa hududlarga nisbatan oʻsish surʼati pastroq kuzatilgan.

Maʼlumot uchun, nominal hisoblangan ish haqi – maʼlum bir davr (soat, oy, yil) mobaynida xodim tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot (bajarilgan ish yoki koʻrsatilgan xizmat) evaziga ish beruvchilar tomonidan, amaldagi qonun hujjatlariga asoslangan holda soliq va boshqa toʻlovlarni oʻz ichiga oluvchi yollanma xodimning mehnatiga haq toʻlash tarzida jismoniy shaxsga pul shaklida hisoblangan daromadlardan iborat.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер