2025-yilgi Navroʻz umumxalq bayramining gʻoyaviy-badiiy konsepsiyasi maʼqullandi
Foto: “Xalq soʻzi”
“2025-yilgi Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori [PQ-68-son, 21.02.2025-y.] qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram kanalida xabar berildi.
Qarorga koʻra, 2025-yilgi Navroʻz umumxalq bayrami mamlakatimizda “Qadriyatlaring boqiy boʻlsin, Navroʻz!” degan bosh gʻoya asosida umumxalq sayillari shaklida yuqori saviyada keng nishonlanadi.
- 2025-yilgi Navroʻz umumxalq bayramining gʻoyaviy-badiiy konsepsiyasi maʼqullandi hamda bayramga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tasdiqlandi.
Keltirilishicha, bu yilgi Navroʻz bayrami muqaddas Ramazon oyida nishonlanishini inobatga olib, keksa avlod vakillarini, xususan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat fronti faxriylarini har tomonlama eʼzozlash, “Mehribonlik”, “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida yashayotgan shaxslar, ijtimoiy himoya daftarlariga kiritilgan va koʻmakka muhtoj insonlarning holidan xabar olish maqsadida, ular uchun bayram dasturxoni yoziladi hamda turli xayriya tadbirlari oʻtkaziladi.
Shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish, bayram arafasida barcha hududlarda, koʻcha, mahalla, tuman va shaharlarda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish aksiyalarini, umumxalq hasharlarini oʻtkazishga alohida eʼtibor qaratiladi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahridagi “Yangi Oʻzbekiston” majmuasida alohida dastur asosida xalq sayillari tashkil etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring