2025-yildan Rossiyaning baʼzi viloyatlarida migrantlar ishlashi taqiqlangan sohalar roʻyxati kengaytirilmoqda
Rossiyaning Tver viloyatida 2025-yildan boshlab chet el fuqarolari ishlay olmaydigan iqtisodiyot sohalari roʻyxatini ikki baravardan ham koʻproqqa oshirilmoqda. Bu haqda TASS axborot agentligi maʼlum qildi.
2024-yil uchun xorijlik ishchi kuchidan foydalanish iqtisodiy faoliyatning 36 turi boʻyicha taqiqlangan boʻlsa, keyingi yildan bu koʻrsatkich 82 taga yetkazilmoqda.
Aytilishicha, iqtisodiy faoliyatning 52 turi boʻyicha toʻliq taqiq joriy etiladi, 30 tasida esa ayrim kasblarga cheklovlar qoʻyiladi.
“Biz bu boradagi ishlarni tizimli ravishda amalga oshirmoqdamiz, imkon qadar biznesning pozitsiyasini hisobga olishga harakat qildik, shu bilan birga, davlatning strategik xavfsizligi masalalari ustuvorligicha qolmoqda”, — dedi gubernator Igor Rudenya.
Kelgusi yildan boshlab elektr energiyasi, gaz va bugʻ bilan taʼminlash, suv olish, tozalash va taqsimlash, oqova suvlarni yigʻish hamda qayta ishlash, kompyuter ishlab chiqarish, suv transporti faoliyatida chet ellik ishchilardan foydalanish butunlay taqiqlanadi.
Nashriyot, televideniye faoliyati, radioeshittirish, koʻngilochar tadbirlar tashkil etish, kompyuter dasturiy taʼminoti va dasturlarini ishlab chiqish, kompyuterlar va shaxsiy foydalanish buyumlarini taʼmirlash, ilmiy tadqiqotlar, axborot texnologiyalari sohasidagi faoliyat, ijara va lizing, veterinariya, sayyohlik agentliklari, jamoat va notijorat tashkilotlari, xavfsizlikni taʼminlash hamda boshqa faoliyat turlariga ham taqiq joriy etilgan.
Bundan tashqari, ayrim kasblar boʻyicha taqiq roʻyxatiga chorvachilik, baliqchilik, goʻsht va baliqni qayta ishlash, sut mahsulotlari, non va non mahsulotlari, oʻsimlik yogʻlari va yogʻlar, un mahsulotlari, oziq-ovqat mahsulotlari, hayvon yemlari, qogʻoz, neft mahsulotlari, kimyoviy moddalar, dori-darmonlar va tibbiy materiallar ishlab chiqarish ham kiritilgan.
Shuningdek, cheklovlar elektr uskunalari, transport vositalari, mebel ishlab chiqarish, taʼmirlash, mashina va uskunalarni oʻrnatish hamda boshqa faoliyat turlariga ham taalluqlidir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Bollivud yulduzi Mumbaydagi uyida pichoqlab ketildi
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- HAMAS va Isroil oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi
- Poykentdan Oʻrta Osiyoda eng qadimiy sanalgan metall qurollar topildi
- Bir xum tilla topib olindi. Ushbu xazinada Gʻarbiy Rim imperiyasi imperatorining suratlari tushirilgan 141 dona oltin tanga bor
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring