2025-yildan Beta avlod tugʻila boshlaydi
2025-2039-yillar oraligʻida tugʻilgan bolalar Beta avlod vakillari deb ataladi. Bu haqda “New York Post” nashri xabar berdi.
Beta deb ataluvchi avlod 2010-2024-yillar oraligʻida tugʻilgan Alfa avlodidan keyin keladi. Alfa avlodidan oldin 1996-2010-yillarda tugʻilgan Z avlod, 1981-1996-yillarda tugʻilgan Y avlodlar mavjud edi.
Avlodlar turli ijtimoiy, madaniy, texnologik hamda iqtisodiy jihatlarga asoslanib tasniflanadi. Masalan, Alfa avlodi toʻliq raqamlashtirilgan davrda tugʻilganligi uchun shunday nomlanadi.
Alfa avlod atamasini ilk bor qoʻllagan Avstraliyalik ijtimoiy tadqiqotchi Mark Makkindl Beta avlodning davri boshlanayotganini taʼkidladi.
“2025-2039-yillar oraligʻida tugʻilgan bolalar Beta avlod vakillari deb nomlanadi. 2035-yilga borib, Beta avlod dunyo aholisining 16 foizini tashkil qiladi va ular sunʼiy intellekt boshqaruvida shakllangan yangi dunyoda yashashni boshlaydi”, — deydi Makkindl.
Tadqiqotchining taʼkidlashicha, ushbu yangi avlod bolalari ijtimoiy muammolar, global iqlim oʻzgarishi, aholi migratsiyasi kabi jiddiy hamda muammoli masalalarning eng tashvishli davrida yashaydilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring