2025-yilda tugʻilishlar soni boʻyicha qaysi viloyat yetakchi boʻldi?

14:37 02 Fevral 2026 Jamiyat
269 0

2025-yilda Oʻzbekistonda 879 599 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etildi. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Tugʻilishlar soni hududlar kesimida taqsimlanganda eng katta koʻrsatkich Samarqand viloyatiga toʻgʻri kelib, hududda yil davomida 101 266 ta tugʻilish holati roʻyxatga olingan.

Undan keyingi oʻrinlarda Qashqadaryo viloyati 99 656 ta tugʻilish koʻrsatkichi bilan ikkinchi oʻrinda, 98 319 ta tugʻilish holati qayd etilgan Fargʻona viloyati esa uchinchi pogʻonadan joy olgan.

Shuningdek, 2025-yil davomida Surxondaryo viloyatida 81 885 ta, Andijon viloyatida 79 672 ta, Namangan viloyatida 75 689 ta, Toshkent viloyatida 64 245 ta, Toshkent shahrida 62 318 ta, Xorazm viloyatida 46 056 ta, Buxoro viloyatida 43 654 ta, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 39 277 ta, Jizzax viloyatida 37 393 ta, Navoiy viloyatida 24 127 ta hamda Sirdaryo viloyatida 21 042 ta tirik tugʻilish holatlari rasmiylashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?