2025-yilda Oʻzbekiston qiymati 713,3 ming dollarlik gugurt import qildi

13:38 24 Fevral 2026 Iqtisodiyot
138 0

2025-yilda Oʻzbekistonga 2 ta xorijiy davlatdan qiymati 713,3 ming AQSH dollariga teng boʻlgan 639,1 tonna gugurt import qilingan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Unda aytilishicha, 2025-yilda Oʻzbekistonga Rossiyadan 639,1 tonna, Shveysariyadan 9,1 kilogramm gugurt import qilingan. Maʼlumotlariga koʻra, import hajmi 2024-yilning mos davriga nisbatan qariyb 113,9 tonnaga yoki 15,1 foizga kamaygan.

Shuningdek, mazkur davrda Oʻzbekiston 3 ta davlatga qiymati 226,2 ming AQSH dollariga teng boʻlgan 206,4 tonna gugurt eksport qilgan.

2025-yilda Oʻzbekiston gugurt yetkazib bergan davlatlar roʻyxatida Qirgʻiz Respublikasi 87,5 tonna koʻrsatkich bilan yetakchilik qilmoqda. Undan keyingi oʻrinlarda esa Qozogʻistonga 73,3 tonna, Tojikistonga 45,6 tonna gugurt yetkazib berilgan.

Mazkur eksport hajmi 2024-yilning mos davriga nisbatan qariyb 62,5 tonnaga yoki 23,2 foizga kamaygan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер