2025-yilda 5 million aholini band qilish, 1,5 million odamni kambagʻallikdan chiqarish reja qilinmoqda
Foto: Prezident matbuot xizmati
Kelgusi yilda marrani katta olib, yalpi ichki mahsulotni 120 milliard dollarga, eksportni 30 milliardga yetkazish, investitsiyani 42 milliarddan oshirish, 5 million aholini band qilish, 1,5 million odamni kambagʻallikdan chiqarish reja qilinmoqda.
Shu yilning oʻzida xususiy sektorda daromad soligʻi toʻlovchilar soni 365 mingga koʻpaydi. Keyingi vazifa – ularning daromadini koʻpaytirib, munosib hayot kechirishi uchun yetarli sharoit yaratishdan iborat.
Lekin xususiy sektordagi ishchilarning 30 foizida rasmiy oylik 1 million soʻmdan kam qilib koʻrsatilgan. Ayniqsa, Qoraqalpogʻiston, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo va Xorazmda bu masala juda dolzarb ekani taʼkidlandi. Bu asosan toʻqimachilik, qurilish, qishloq xoʻjaligi, savdo va umumiy ovqatlanish sohalarida uchrayapti.
Bu holatning sabab-omillarini bartaraf etish maqsadida tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash choralari ishlab chiqildi.
Masalan, toʻqimachilik va charm sohalarida kamida 2,5 million soʻm oylik toʻlaydigan, 15 foiz ishchisi ehtiyojmand oiladan boʻlgan tayyor mahsulot chiqaruvchi tadbirkorlarga yengilliklar beriladi.
Bunday korxonalarning foyda soligʻi ham, ishchisini daromad soligʻi ham 1 foiz boʻladi. Bu imtiyozga javoban ular 50 ming ehtiyojmand odamni ishga oladi.
Davlat boshqa tarmoqlar uchun ham bu yil tugaydigan imtiyozlarni mana shunday ijtimoiy mezon bilan uzaytirishga tayyor.
Yirik davlat kompaniyalari transformatsiyadan oʻtib, tashqi moliya bozoriga chiqmoqda.
Endi tadbirkorlar ham banklar beradigan kredit bilan cheklanib qolmasdan, xalqaro standartlarga moslashib, chetdan mustaqil resurs jalb qilish vaqti kelgani taʼkidlandi.
Eng muhimi, xalqaro moliya tashkilotlari bu borada yaqindan hamkorlik qilishga tayyor turibdi.
Savdo-sanoat palatasi xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb qilib, tadbirkorlarning tashqi moliya bozorlariga chiqishiga koʻmaklashuvchi markaz ochishi muhimligi qayd etildi.
Bu orqali kelgusi yilning oʻzida kamida 100 ta mahalliy kompaniya xalqaro moliya bozorlari bilan ishlashga oʻrgatiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Islam Maxachevga Arman Sarukyan raqiblik qila olmaydi. “UFC 311” oldidan sodir boʻlgan noxush xabarning barcha tafsilotlari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring