2024-yilgi VIII “Osiyo bolalari” oʻyinlari qayerda boʻlishi eʼlon qilindi

Foto: Illustrativ foto
Shu kunlarda Rossiya Federatsiyasi Primore oʻlkasi markazida oʻtayotgan VII “Osiyo bolalari” xalqaro sport oʻyinlari jarayonida unda qatnashayotgan davlat va jamoa rahbarlari, mutaxassislarining uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vaziri oʻrinbosari Abdulla Aslonov va Sportni rivojlantirish vazirligi boshqarma boshligʻi Akram Nizametdinov qatnashdi.
Unda 2024-yili oʻtadigan navbatdagi Osiyo bolalari» oʻyinlarining yangi markazi eʼlon qilindi.
Suhbat davomida yigʻilish ishtirokchilariga “Osiyo bolalari” II qishki xalqaro sport oʻyinlarining taqdimoti oʻtkazildi.
Taqdimotda keltirilishicha, qishki oʻyinlar 2023-yil 23-fevralda boshlanishi rejalashtirilgan. Musobaqalar Rossiya Federatsiyasi Kuzbass hududining 4 shahrida boʻlib oʻtadi.
“Osiyo bolalari” II qishki xalqaro sport oʻyinlari direksiyasining rahbari Aleksey Puzyninning soʻzlariga koʻra, Kuzbass “Osiyo bolalari” oʻyinlari qatnashchilari uchun “yangi oyna” boʻladi. Mintaqa Osiyo xalqlari madaniyatining barcha ulugʻvorligini oʻzida namoyish qilgan “ochilmagan mintaqadir”.
Uchrashuv yakunida VIII “Osiyo bolalari” xalqaro sport oʻyinlari 2024-yil yozida Yakutiyada boʻlib oʻtishi eʼlon qilindi va uning yangilangan loyihasi namoyish qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Bolgariya parlamenti tarqatib yuborildi
- Yevropada maymun chechakdan birinchi oʻlim qayd etilgani maʼlum qilindi
- Mustaqillikning oʻttiz bir yillik bayrami “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” degan bosh gʻoya asosida nishonlanadi
- Buyuk Britaniya politsiyasi qiymati 40 million funt sterlinglik boʻlgan kokainni musodara qildi
- Bryussel Boris Jonsonning NATO bosh kotibi lavozimini egallash ehtimolini baholadi
- AQSH Kongressi palatasi spikeri Nensi Pelosini Osiyoga olib uchayotgan samolyot onlayn radarlardan gʻoyib boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring