2024-yilda haydovchilar 24 millionta huquqbuzarlik sodir etgan
Foto: YHXX
2024-yilda haydovchilar 24 millionta huquqbuzarlik sodir etgan. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida maʻlum qilindi.
Qayd etilishicha, huquqbuzarliklarning 81 foizi qoʻpol qoidabuzarlikka kiradi. Bu ayniqsa Samarqand, Qashqadaryo, Toshkent viloyati va Toshkent shahrida surunkali tus olgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda aholi, hatto taniqli shaxslar oʻrtasida “jarimani toʻlab qoʻydim-ku, xohlaganimdek yuraveraman”, deyish avj olgan.
“Endilikda yoʻllarda haydovchilik madaniyatini oshirish, ashaddiy huquqbuzarlarga qonun kuchini koʻrsatish maqsadida yangi tizim qilamiz”, dedi Prezident.
Buning uchun “Surunkali qoidabuzarlar” dasturi ishga tushiriladi.
Qarama-qarshi harakatlanish, chiroqning qizil rangida oʻtish bir oy ichida 2-marta sodir etilsa yoki tezlik 5-marta oshirilsa – 1-yilgacha jarimadan chegirma berilmaydi.
Bunday huquqbuzarliklar bir oy ichida 10 tadan koʻp boʻlsa – 6 oygacha haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilinadi.
Shuningdek, tezlik uchun jarimalarni qayta koʻrib chiqib, meʼyordan 2-3 karra tez yurganlarni haydovchilik huquqidan mahrum qilish boʻyicha qonunchilikka oʻzgartirish kiritish maqsadga muvofiq ekani qayd etildi.
Qoidabuzarlik uchun ayrim YHXBlar oradan 7-8 oy oʻtib jarima qoʻllash qarorini chiqarayotgani boʻyicha eʼtirozlar koʻpligi koʻrsatib oʻtildi.
Endilikda qoidabuzarlik sodir etilgan kundan boshlab bir oyda qarori chiqmasa, haydovchi hech qanday jarima toʻlamasligi belgilandi.
Zamonaviy yoʻllar qurilayotgani, yuqori xavfsizlik moslamalari mavjud mashinalar soni ham kun sayin koʻpayib borayotgani sababli tezlik masalasida yangicha yondashuvlar kerakligi taʼkidlandi.
Ichki ishlar vazirligiga viloyat hokimlari bilan tezlik cheklovlarini qayta koʻrib chiqsa boʻladigan yoʻl uchastkalari roʻyxatini shakllantirish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring