2024-yilda “Amazon”da 15 milliondan ortiq soxta brend mahsulotlari aniqlandi

“Amazon” kompaniyasining brendlarni himoya qilish boʻyicha soʻnggi yillik hisoboti eʼlon qilindi. Unga koʻra, 2024-yil davomida 15 milliondan ortiq qalbaki mahsulot aniqlandi.
Dunyoning eng yirik onlayn-riteylerlaridan boʻlgan bu kompaniya 2020-yildan buyon kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashib kelmoqda. Ushbu davrda 24 mingdan ortiq qoidabuzar javobgarlikka tortdi.
Hisobotda 2024-yilda kompaniya soxtalashtirishga qarshi choralarni kuchaytirish uchun 1 milliard dollardan ortiq mablagʻ sarflagani aytilgan. Bundan tashqari, minglab mutaxassislar, jumladan, mashinali oʻrganish boʻyicha ekspertlar va dasturiy taʼminot ishlab chiquvchilar jalb qilingan. Sunʼiy intellektga asoslangan texnologiyalar esa 99 foiz qalbaki mahsulotlarning amaliyotga chiqib ketishining oldini olgan.
Taʼkidlash joiz, 2020-yildan beri soxtalashtirish boʻyicha tasdiqlangan shikoyatlar soni 35 foizga kamaygan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring