2023-yilning uchinchi choragidagi eng xaridorgir smartfonlar eʼlon qilindi
Illyustrativ foto
“Counterpoint” tahliliy firmasi 2023-yilning uchinchi choragida eng koʻp sotilgan 10 ta smartfon roʻyxatini eʼlon qildi. Bu haqda Xitoyning “MyDrivers” nashri xabar berdi.
Reytingdagi dastlabki toʻrtta oʻrinni “Apple” smartfonlari egalladi. Xususan, “iPhone 14”, “iPhone 14 Pro Max”, “iPhone 14 Pro” va “iPhone 13” ketma-ketlikda yuqori pogʻonalarni band etdi. Qolgan oltita oʻrinni faqat Samsung qurilmalari boʻlib oldi — “Galaxy A14”, “Galaxy A54”, “Galaxy A14 5G”, “Galaxy S23 Ultra”, “Galaxy A04e” va “Galaxy A34”.
“Roʻyxatda bitta ham mahalliy smartfon joy olmagani ajablanarli”, deydi “MyDrivers“ muharrirlari natijalarga izoh berib.
“Counterpoint” hisobotida, shuningdek, 2023-yilning uchinchi choragida “Apple” “Pro” modellari tufayli Osiyo va Yevropadagi ulushlarini oshirgani qayd etilgan.
“Samsung“ning savdosi Osiyo va Lotin Amerikasida oʻsgan. Janubiy Koreya brendining natijalari “Galaxy A” seriyali qurilmalarning ommalashgani tufayli yaxshilangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring