2022/2023 oʻquv yilidan oʻquvchilar uchun maktab formasi toʻliq joriy etiladi
Foto: Illustrativ foto
Hukumat qaroriga (271-son, 19.05.2022-y.) koʻra, 2022/2023 oʻquv yilidan davlat maktablarida oʻquvchilar uchun maktab formasi toʻliq joriy etiladi (ilgari 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab joriy etilishi kerak edi).
2022-yil 1-iyungacha hududlar kesimida 2022/2023 oʻquv yilida maktab formalariga ehtiyoj aniqlanadi.


Kam taʼminlangan oilalar farzandlari uchun maktab formasi mahalliy byudjet hamda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan sotib olinishida koʻmaklashiladi.
Shuningdek, 2022-yil 10-avgustdan har bir tuman (shahar)da maktab formasi ishlab chiquvchilarning savdo shoxobchalari tashkil etiladi.
Eslatib oʻtamiz, davlat maktablari oʻquvchilari uchun yagona maktab formasi shakllari Hukumatning 15.08.2015-yildagi 666-son qarori bilan tasdiqlangan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring