2022-yilda madaniyat va sanʼat yoʻnalishida bir qancha milliy va xalqaro festivallar oʻtkazildi
Foto: Arxiv surat
2022-yilda Oʻzbekistonda madaniyat va sanʼat yoʻnalishida bir nechta xalqaro va respublika festivallari oʻtkazildi. Xususan, “Toshkent bahori”, “Lazgi”, “Boysun bahori”, “Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik”, “Gullar bayrami” hamda XV MDH ilmiy va ijodiy ziyolilari forumi xalqaro tadbirlari tashkil etildi.
Bundan tashqari, bir qator tanlovlar va loyihalar yoʻlga qoʻyildi. Jumladan, oʻquvchi va talabalar oʻrtasida madaniyat va sanʼatga oid 6 ta koʻrik-tanlovning taʼlim muassasalari, tuman (shahar), viloyat va respublika bosqichlari yuqori saviyada oʻtkazildi.
Madaniyat markazlari 3 turdagi (rubob, tanbur, doira) 2 450 ta musiqa cholgʻu asbobi, 9 000 ta yangi metodik qoʻllanma, 71 ta elektron adabiyot shaklidagi metodik qoʻllanma, QR-kodli 1 800 ta innovatsion jihoz bilan taʼminlandi. Yoshlarning musiqiy savodxonligini oshirish maqsadida taʼlim muassasalarida 36 ta lektoriy konsert dasturlari oʻtkazildi.
Shuningdek, “Soʻgʻdiyona” xalq cholgʻulari kamer orkestri, Botir Zokirov nomidagi milliy estrada simfonik orkestri, Davlat akademik xalq cholgʻulari orkestri, “Oʻzbekiston”, “Navbahor” ashula va raqs ansambllari ishtirokida 32 ta konsert-tomosha tashkil etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring