2022-yil davomida 4050 dan ortiq madaniy boyliklarning Oʻzbekiston hududidan olib chiqib ketilishi toʻxtatib qolindi
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Madaniy meros agentligi axborot xizmati rahbari Mohinur Imomova maʼlum qildi.
Hozirgi kunga qadar Madaniy meros agentligi tomonidan Oʻzbekistonga oid, xorijda saqlanayotgan 9 mingdan ortiq madaniy boyliklar aniqlandi. Ulardan 2341 tasi arxeologiya va etnografiyaga oid ashyolar, 3969 ta qoʻlyozma, 969 ta turli davrlarga oid numizmatik ashyolar yaʼni tangalar, 986 ta tekstil mahsulotlari, 487 ta musiqiy meros, 208 ta miniatyura asarlari hisoblanadi.
1001 ta qoʻlyozma asarning ilmiy tavsifini oʻz ichiga olgan “Oʻzbekistonga oid xorijdagi qoʻlyozma asarlar reyestri” nomli ilmiy tadqiqotning 1-tomi oʻzbek, ingliz va rus tillarida nashr etildi. Shu kunga qadar mazkur Reyestrning 2- va 3-tomlari ham nashrga tayyorlandi. Ularga jami 2200 ga yaqin qoʻlyozmaga oid maʼlumot jamlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring