2022-yil 1-iyuldan boshlab 3-15 yoshli bolalarga yod preparatlari davlat tomonidan bepul tarqatiladi

12:22 18 Mart 2022 Siyosat
1236 0

Foto: president.uz

Birlamchi tizim qamrovini kengaytirish va yuklamani kamaytirish maqsadida endilikda bunday tajribali shifokorlarning yakka tartibdagi oilaviy shifokorlik faoliyatini yuritishiga ruxsat beriladi.

Yakka tartibdagi oilaviy shifokorlarga, aholiga bepul koʻrsatilayotgan xizmatlari uchun toʻlov bosqichma-bosqich Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi orqali beriladi.

Oilaviy shifokor punktlari, oilaviy va koʻp tarmoqli poliklinikalarda statsionar tibbiy xizmatlar kunduzi soat 13-00 ga qadar ishlamoqda.

Shu bois, oilaviy shifokor punktlari, oilaviy va koʻp tarmoqli poliklinikalarda kunduzgi statsionar ish vaqti soat 20-00 gacha uzaytiriladi. Ularda ishlaydigan shifokor va hamshiralar ish haqiga qoʻshimcha ustama toʻlanadi.

2022-yil 1-maydan boshlab:

— barcha koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarda bolalar boʻlimi tashkil etiladi;

— 17 mingdan ziyod tibbiyot brigadalariga yana qoʻshimcha 8,5 mingta bolalar hamshirasi va doya (akusher) shtatlari beriladi.

2022-yil 1-iyuldan boshlab 3-15 yoshli bolalarga yod preparatlari davlat tomonidan bepul tarqatiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?