2021-yilgacha “prava” olganlar uchun majburiy qayta imtihon oʻtkazilmaydi
Illyustrativ foto
Ijtimoiy tarmoqlarda 2021-yilga qadar milliy haydovchilik guvohnomasini olgan haydovchilar majburiy tartibda qayta imtihondan oʻtkazilishi haqida xabarlar tarqaldi.
Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ushbu xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmasligi va hech qanday huquqiy asoslarga ega emasligini maʼlum qildi.
Shuningdek, idora ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan bu kabi yolgʻon xabarlarni tarqatib, fuqarolarni chalgʻitmasliklarini soʻradi.
Eslatilishicha, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 2022-moddasiga koʻra, jamoat tartibi yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi yolgʻon axborotni, jumladan internet va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha jarimaga sabab boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring