2020-yilda eng koʻp ajrim qayd etilgan hudud nomi maʼlum qilindi

12:06 20 Yanvar 2021 Jamiyat
827 0

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-yanvar holatiga respublika boʻyicha 28,2 mingta ajrim holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan.

2020-yil mobaynida hududlar kesimida eng yuqori ajrim koeffitsenti (har 1000 aholiga nisbatan) Toshkent shahrida (1,5 promille) qayd etilgan.

Hududlar kesimida qayd etilgan ajrimlar soni:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 1,0 ming

Andijon – 3,1 ming

Buxoro – 1,5 ming

Jizzax – 1,1 ming

Qashqadaryo – 2,0 ming

Navoiy – 0,9 ming

Namangan – 2,1 ming

Samarqand – 3,0 ming

Surxondaryo – 1,6 ming

Sirdaryo – 1,1 ming

Toshkent – 3,0 ming

Fargʻona – 2,8 ming

Xorazm – 1,1 ming

Toshkent shahrida – 3,9 mingni tashkil etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?