2020-yilda 32 ta madaniyat obyekti sotib yuborilgan – Ozodbek Nazarbekov
AOKAda oʻtkazilgan brifingda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov madaniyat obyektlarini asrash bilan bogʻliq muammolar, oʻtgan 2020-yilda amalga oshmay qolgan muammolar xususida gapirdi.
Vazirning maʼlum qilishicha, 2020-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Surxondaryo viloyatida 8 tadan, Fargʻona viloyatida 13 ta, Toshkent shahrida 3 ta madaniyat obyekti Madaniyat vazirligi bilan kelishilmagan holda mahalliy hokimliklar tomonidan balansiga oʻtkazilib, sotuvga qoʻyib, sotib yuborilgan.
“Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonun boshqa idora va tashkilotlar bilan oʻrtamizdagi munosabatlarni aniq belgilab beryapti. Bundan keyin shu kabi muammolarda endi vazirlikning aniq pozitsiyasi shakllanadi.
«Oʻtgan yilda eng muhim, biroq amalga oshmay qolgan masalalardan yana biri haqida toʻxtalsam. 2020-2021 oʻquv yilidan boshlab, notalar toʻplami va maxsus musiqiy adabiyotlarni chop etish hamda ularning taʼlim muassasalariga toʻliq yetkazilishini taʼminlash rejalashtirilgan edi.
Vazirlik tomonidan notalar toʻplamlari va maxsus musiqiy adabiyotlar loyihalari tayyorlandi, lekin moliyaviy manbasi aniqlanmagani uchun 2020-yilda bu vazifa bajarilmay qoldi. Kuni kecha Vazirlar Mahkamasida boʻlib oʻtgan muhokamalarda Bosh vazir Moliya vazirligiga topshiriq berdi, bu yil ushbu muammolarni ham bosqichma-bosqich hal qilamiz», deydi O.Nazarbekov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring