200 nafarga yaqin polvon Oʻzbekiston chempionligi uchun kurashmoqda
Bugun, 30-may kuni Fargʻona shahridagi Fargʻona olimpiya zaxiralari kollejida belbogʻli kurash boʻyicha erkaklar va ayollar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati boshlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston belbogʻli kurash federatsiyasining yillik-taqvim rejasidagi mazkur chempionatda mamlakatimizning barcha hududlaridan 200 nafarga yaqin polvonlar sovrinli oʻrinlar uchun bellashmoqda.
Musobaqaning tantanali ochilish marosimida soʻz olgan Oʻzbekiston belbogʻli kurash federatsiyasi Ravshan Dastirov, Fargʻona viloyat hokimi oʻrinbosari — turizm va sport bosh boshqarmasi boshligʻi Xurshidjon Ahmedov, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasining Fargʻona viloyati vakili, kurash boʻyicha Fargʻona viloyati ijrochi direktori Sevara Dehqonova, belbogʻli kurash federatsiyasi bosh kotibi Abdihalil Malikov, belbogʻli kurash boʻyicha kattalar oʻrtasida terma jamoa bosh murabbiyi Aʼzamjon Shokirjonovlar yurtimizda jismoniy tarbiya va sportga, xususan, milliy sport turlarimizga, uning aholi orasida ommaviyligini taʼminlash kabi ishlarga alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidlab, polvonlarga omad tilashdi.
Bellashuvlarda erkaklar belbogʻli kurashning erkin va klassik yoʻnalishlarida 8 ta vazn toifasida, ayollar erkin yoʻnalishda 5 ta vaznda gʻoliblik uchun kurash olib borishmoqda. Oʻzbekiston chempionati 1-iyunga qadar davom etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring