20-aprelda Samarqand va Jizzaxda bir yarim soat ichida bir oylik yogʻingarchilik miqdoridagi yomgʻir yogʻib oʻtgan

11:25 21 Aprel 2022 Jamiyat
888 0

Foto: Illustrativ foto

Kecha Samarqand va Jizzax viloyatlarida bir yarim soat ichida bir oylik yogʻingarchilik miqdoridagi yomgʻir yogʻib oʻtgan. Buning natijasida sel oqimlari va toshqin suvlari yuzaga keldi.

Qutqaruvchilar tomonidan 6 nafar fuqaro sel oqimlari ichidan qutqarilgan, 100 dan ortiq fuqarolar vaqtinchalik yashash joylariga koʻchirib oʻtkazilib, ular uchun hayotiy zarur mahsulotlar zaxirasi tashkil etildi.

Sodir boʻlgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlariga jami 520 nafar xodim va 54 ta maxsus texnika jalb etildi.

Hodisa oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?