19-sentyabr — Butun jahon tozalik kuni! Yurtimiz ozodaligiga har birimiz masʼulmiz!
Butunjahon tozalik kuni - bu insoniyat oʻzi yashab turgan hududda tozalikni oʻrnatish gʻoyasini ifoda etadi. Gʻoya dastavval 2008-yil Estoniyada vujudga kelib, 50 000 koʻngillilar mamlakatni chiqindilardan xoli etish uchun birlashdilar. Bugungi kunga kelib mazkur kun koʻngillilarning bir kun davomida 180 dan ortiq mamlakatni bir maqsad sari birlashtiruvchi yirik ijtimoiy harakati ifodasini topgan jarayonga aylandi. Ushbu sanaga bagʻishlangan tadbirlar Oʻzbekistonda ilk bor 2019-yilda oʻtkazildi.

— Andijon viloyatida tozalikni taʼminlashni oʻz zimmamizga olganmiz,-deydi viloyat “Toza hudud” DUK direktori Jamshidbek Bozorboyev. — Buning uchun 650 nafar ishchi-xodimlar 180 ta texnik vositalar orqali aholiga xizmat koʻrsatib kelmoqda. Har bir shahar va tumanlarda chiqindi toʻplash poligonlari tashkil etilgan boʻlib, ularni zararsizlantirish choralari koʻrilmoqda. Bundan tashqari, aholi orasida tozalikni taʼminlash borasidagi targʻibot ishlarida faol qatnashmoqdamiz. Jumladan, 19-sentyabr – butun jahon tozalik kuniga puxta hozirlik koʻrdik. Har bir texnik vositalarga mavzuga doir chaqiriqlar, shiorlar, eslatmalar yozib, yurtdoshlarimizni atrof-muhitni ozoda saqlashga chorladik. Viloyatning har bir hududida tozalik tadbirlari tashkillashtirmoqdamiz.
Aslini olganda tozalikni taʼminlash har birimizning fuqarolik burchimizdir. Shunday ekan, bu kabi amallar nafaqat, yilning aynan bir kunida, balki har kuni bajarilishi lozim. Shundagina biz yashayotgan sayyorada tozalik, ozodalik, pokizalik hukm suradi.
Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi” muxbiri
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring