18-yanvar kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
“Oʻzgidromet” 18-21-yanvar kunlarii kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 18-20-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi, 21-yanvarda baʼzi joylarda qor yogʻishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-yanvarda 5-10 daraja sovuq, 19-21-yanvarda 8-13 daraja sovuq, kunduzi 18-20-yanvarda 1-6 daraja sovuq, 21-yanvarda 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 18-20-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Navoiy viloyatida 18-yanvarda kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz qor yogʻadi. 21-yanvarda baʼzi joylarda qor yogʻishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-20-yanvarda 2-7 daraja sovuq, 21-yanvarda 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi; Navoiy viloyati shimolida kechasi 18-yanvarda 5-10 daraja sovuq, 19-21-yanvarda 8-13 daraja sovuq, kunduzi 18-20-yanvarda 1-6 daraja sovuq, 21-yanvarda 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 18-20-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida 18-yanvarda kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz qor yogʻadi. 21-yanvarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-yanvarda 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, 19-21-yanvarda 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 18-20-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. 21-yanvarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-yanvarda 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, 19-21-yanvarda 0-5 daraja sovuq, kunduzi 18-19-yanvarda 2-7 daraja iliq, 21-yanvarda 5-10 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 18-yanvarda kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz qor yogʻadi, 19-21-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-yanvarda 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, 19-21-yanvarda 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. 19-20-yanvarda qor koʻchishi xavfi bor. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuqdan 8-13 daraja sovuqqacha, kunduzi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliqdan 2-7 daraja sovuqqacha oʻzgarib turadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring