+172! Yurtimizning 9 ta hududida koronavirus qayd etildi

10:01 05 Oktyabr 2020 Jamiyat
674 0

2020-yil 5-oktyabr soat 10:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 58 859 (+172) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

— 38 nafari Jizzax viloyatida,

— 34 nafari Toshkent shahrida,

— 30 nafari Toshkent viloyatida,

— 24 nafari Buxoro viloyatida,

— 14 nafari Andijon viloyatida,

— 11 nafari Samarqand viloyatida,

— 10 nafari Surxondaryo viloyatida,

— 6 nafari Qashqadaryo viloyatida,

— 5 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida tana harorati koʻtarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 55 318 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 058 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер