17 yoshli oʻzbek isteʼdodi Ispaniya klubiga oʻtishga yaqin turibdi
Arxiv surat
Toshkentning «Lokomotiv» klubining 17 yoshli futbolchisi Lazizbek Mirzayev Ispaniya Segundasida yetakchilik qilayotgan «Leganes» klubida koʻrikdan oʻtmoqda. Bu haqda rossiyalik insayder Ivan Karpov maʼlum qildi.
«Yevropaning 5 ta kuchli ligasida oʻzbeklar koʻpayib bormoqda. Yaqinda «Kalyari» safida gʻalabali dubl qayd etgan Shomurodovni (Eldor Shomurodov— tahr.) hamma biladi. Oʻtgan yozda Husanov (Abduqodir Husanov, «Lans», Fransiya — tahr. )«Lans»ga borgan va u allaqachon Chempionlar ligasi va Yevropa ligasida oʻynadi. Yanvar oyida Oʻrinboyev (Muhammadali Oʻrinboyev, «Brentford» (Angliya) — tahr. ) oʻz mamlakatining Angliyadagi birinchi vakiliga aylandi. Osiyo Kubogida ajoyib oʻyin koʻrsatgan Fayzullayev (Abbosbek Fayzullayev, SSKA — tahr.) haqida umuman sukut saqlaymiz.
Yoʻlda yana bir ajablantiradigan yigit bor: bu «Lokomotiv»ning 17 yoshli yarim himoyachisi Mirzayev. Oʻzbekiston chempionati insayderlari Laziz Ispaniya klublaridan biriga oʻtishga yaqin turibdi va u yerda tibbiy koʻrikdan oʻtmoqda. Muvaffaqiyatli boʻlsa, Ronalduning muxlisi boʻlgan yigit yil oxirida, voyaga yetganida yangi jamoa bilan shartnoma imzolaydi», deyiladi xabarda.
«Leganes» klubi Segundada 31 oʻyindan soʻng 56 ochko bilan birinchi oʻrinni egallab turibdi. Chempionat tugashiga 11 ta oʻyin qoldi va agar jamoa muvaffaqiyatli oʻynashda davom etsa, keyingi mavsumda Mirzayev La Ligada «Barselona» va «Real» kabi afsonaviy jamoalarga qarshi oʻynashi mumkin.
«Biz oʻzbek isteʼdodlar bozori taraqqiyotini havas bilan kuzatamiz va «maxsus harbiy amaliyot» yakunini intiqlik bilan kutamiz. Va u bilan, ehtimol, xalqaro futbol maydonida ruslarning hamma narsasini, shu jumladan, oʻyinchilarni izolyatsiya qilish tugaydi. Hozircha oʻzbeklar uchun xursand boʻlaylik va Abbosga omad tilaymiz, ishonchim komilki, u SSKA uchun oʻz darajasini koʻrsatadi», deb yozadi Karpov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring