16 yoshli qizning nomusiga tekkan shaxsga 14 oydan beri chora koʻrilmagan — Senat

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida B.E. ismli shaxs 2020-yilning yanvar oyida 16 yoshli voyaga yetmagan (maktab oʻquvchisi) qizning ojizligidan foydalanib nomusiga tekkan. Achinarlisi, bu holat 2020-yilning fevral oyida voyaga yetmagan qizni zoʻrlagani haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali maʼlum qilishini aytib, uni qoʻrqitadi va takroran kuch ishlatib nomusiga tegadi.
Ushbu jinoyatni sodir etgan shaxsga nisbatan qariyb 14 oydan beri Termiz shahar IIO FMB tomonidan qonuniy choralar koʻrilmay kelinmoqda. Bu esa, avvalo, ota-onani, qolaversa, mazkur voqeadan xabardor boʻlgan odamlarning ichki ishlar organi tizimiga nisbatan ishonchsizlik kayfiyatini kuchaytirishi tabiiy albatta.
Eng achinarlisi, jabrlanuvchi qizning ota-onasi adolatni qaror toptirish, jinoyatni amalga oshirgan shaxsga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻrab bir yildan beri Termiz shahar IIO FMBga va boshqa maʼmuriy idoralarga qilgan barcha murojaatlari eʼtiborsiz qodirilgan. Ayniqsa, Termiz shahar IIO FMB tomonidan mazkur voqea boʻyicha sifatsiz tekshirishlar oʻtkazilganligi, jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etish haqidagi qarorlar qabul qilganligi hamda jinoyatni amalga oshirgan shaxsning doʻstlari Termiz shahar IIO FMBda faoliyat yuritishi, shu sababli ish bosti-bosti qilib kelinayotgani ota-onaning soʻnggi chora sifatida Senatga murojaat qilishiga sabab boʻlgan.
Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi tomonidan mazkur tergov ishi har tomonlama toʻla va xolisona olib borilishi hamda yakunlari boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi nazoratga olindi.
Tergov yakuni boʻyicha qoʻshimcha axborot beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring