“112” yagona dispetcherlik xizmati tashkil etiladi
“112” yagona dispetcherlik xizmati faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (304-son, 29.05.2024 y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, hodisa va favqulodda vaziyatlar roʻy berganda shoshilinch yordam koʻrsatish uchun “112” qisqa raqam orqali fuqarolarning chaqiruvlarini qabul qilish va avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlash imkonini beruvchi yagona dispetcherlik xizmati tashkil etiladi.
“112” yagona dispetcherlik xizmati Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda “Hududgaztaʼminot” aksiyadorlik jamiyatining shoshilinch xizmatlarini maʼlumotlarni uzatishning yagona tarmogʻiga birlashtirgan holda respublikaning barcha hududlari boʻyicha shoshilinch yordam chaqiriqlarini qabul qilish va qayta ishlash, aholiga shoshilinch yordam koʻrsatish faoliyatini boshqarishning yagona tizimi hisoblanadi.
Qarorga koʻra, quyidagilar “112” yagona dispetcherlik xizmatining asosiy vazifalari etib belgilandi:
— fuqarolarning chaqiruvlarini qabul qilish va avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlash, ularga bepul asosda shoshilinch, tez va kechiktirib boʻlmaydigan yordamni tashkil etish va koʻrsatish;
— shoshilinch yordam koʻrsatishni boshqarish va muvofiqlashtirish;
— vazirlik va idoralarning shoshilinch xizmatlari tomonidan fuqarolarga oʻz vaqtida yordam koʻrsatilishi yuzasidan tizimli nazorat yuritish;
— vazirlik va idoralarning shoshilinch xizmatlari oʻrtasida yaqindan axborot almashinuvi boʻyicha tezkor oʻzaro hamkorlikni taʼminlash.
“112” yagona dispetcherlik xizmati quyidagi muddatlarda bosqichma-bosqich ishga tushiriladi:
— 2024-yil 1-iyundan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida;
— 2024-yil birinchi yarim yilligida Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida;
— 2024-yil yakuniga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi va qolgan viloyatlarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring