11 oyda qariyb 420 mingta yengil avtomobil ishlab chiqarildi
Oʻzbekistonda 2025-yilning yanvar–noyabr oylarida turli rusumdagi 419 ming 338 dona yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Xabarda aytilishicha, ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni boʻyicha “Cobalt” yetakchilik qilmoqda. Ushbu avtomobil ortda qolgan 11 oy davomida 148 ming 94 dona ishlab chiqarilgan.
Keyingi oʻrinlarda 85 ming 384 ta koʻrsatkich bilan “Damas” ikkinchi, 47 ming 804 dona ishlab chiqarilgan “Tracker” avtomobili esa uchinchi pogʻonada qayd etilgan.
Ishlab chiqarilgan avtomobillar rusumlari boʻyicha quyidagicha taqsimlangan:
- “Onix” – 29 ming 99 dona;
- “KIA” – 24 ming 507 dona;
- “BYD” – 17 ming 510 dona;
- “Chery” – 8 ming 627 dona;
- “Haval” – 8 ming 891 dona;
- “Tank” 500 – 50 dona;
- Maxsus yengil avtomobillar – 49 ming 372 dona.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring