100 nafar payvandchi “DUAL” taʼlim asosida oʻqishni boshladi

Maʼlumki, 2024-yilning 2-oktyabr kuni “Quyuv-mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyatida Toshkent davlat transport universiteti filiali bazasidagi Payvandlashga ixtisoslashgan oʻquv markazi ochilgan edi.
Markaz rivojlangan xorijiy mamlakatlar talablari asosida yuqori malakali, mahoratli, payvandlash sohasida professional mutaxassislarni “dual” taʼlim tizimida tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish maqsadida tashkil etilgan. Markaz 2025-yil boshidan yana 100 nafar tinglovchini qabul qildi.
Markazning asosiy vazifasi zamonaviy talablarga mos yuqori malakali payvandlash mutaxassislarini tayyorlashda nazariy hamda amaliy mashgʻulotlarni samarali tashkil etishdan iborat. Ilgʻor xorijiy turdosh, ixtisoslashtirilgan markazlarning oʻquv dasturlari asosida zamonaviy, potensial ish beruvchilarning talab va takliflari boʻyicha maxsus oʻquv kurslarning konsepsiyasi ishlab chiqilgan.
Bu yerda bir vaqtning oʻzida 150 nafar tinglovchi tahsil olish imkoniyatiga ega. Taʼlim jarayoniga Toshkent davlat transport universiteti maxsus kafedralaridan hamda sanoat korxonalaridan tajribali, professional mutaxassislar jalb etilgan. Shuningdek, xorijiy professor-oʻqituvchilar ham tinglovchilarga kasb sirlarini oʻrgatishmoqda.
Nazariy taʼlim jarayonini tashkil etish uchun 5 ta zamonaviy oʻquv auditoriyalari, amaliy mashgʻulot uchun 13 ta payvandlash postidan iborat oʻquv poligoni va zamonaviy jihozlangan axborot-resurs markazi, kutubxona hamda professor-oʻqituvchilar xonasi mavjud.
Tinglovchilar turar joyi 73 ta xonadan iborat boʻlib, bir vaqtning oʻzida 150 nafar tinglovchi joylashishi uchun moʻljallangan.
Oʻquv jarayonining davomiyligi – 12 hafta boʻlib, shundan 4 hafta nazariy hamda 8 hafta amaliy mashgʻulotlardan tashkil topgan.
Oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga Toshkent davlat transport universiteti bilan Gomel davlat texnika universiteti hamkorlikda MDH mamlakatlarida tan olinadigan Xalqaro sertifikat taqdim etiladi.
Sertifikatga ega boʻlgan bitiruvchilar mamlakatimiz hamda xorijda professional mutaxassis sifatida ishlash imkoniyatiga ega boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring