10 ming misradan ortiq she’rni o‘z ichiga olgan devonning faksimile nusxasi tayyorlanadi
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan yana bir muhim ilmiy-medialoyiha – “Amir Umarxon davrida ijod qilgan adiblar”, shuningdek, uning devoni faksimileni tayyorlash rejalashtirilmoqda.
Amir Umarxon Qo‘qon xoni bo‘lishi bilan birga shoir sifatida ham ijod qilgan. U Lutfiy, Jomiy, Navoiy, Fuzuliy, Bedilni o‘ziga ustoz sanab, ulardan ijod sirlarini o‘rgangan, ularga ergashib ijod qilgan, g‘azallariga muxammaslar bog‘lagan. Aruzning turkiy adabiyotda mashhur, xalq ijodida ham keng tarqalgan-yengil va o‘ynoqi vaznlaridagina yozilgan bu she’rlarning barchasi ishqu muhabbat mavzuida. O‘zbek va fors-tojik tilidagi she’rlarini to‘plab, devon tartib bergan. Devon g‘azal, muxammas, musaddas, tuyuq janrlaridagi 10 ming misradan ortiq she’rni o‘z ichiga olgan. Uning ijodiy merosini chuqur o‘rganish nafaqat tarixiy haqiqatlarni tiklash, balki bugungi ma’naviy hayotimizni yanada yuksaltirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur medialoyiha orqali Amir Umarxon (1787–1822) hukmronligi davrida yashab ijod qilgan adiblar, ularning ilmiy-ma’naviy faoliyati, asarlari va tarixiy ahamiyati chuqur o‘rganiladi. Ayniqsa, o‘sha davrga oid yozma manbalar, tarixiy hujjatlar, qo‘lyozmalar va boshqa daliliy asoslar tadqiq qilinadi. Natijada ilmiy ishlanmalar tayyorlanib, ular asosida Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasi boyitiladi.
Bundan tashqari, loyiha doirasida multimediyaviy kontentlar – video lavhalar, maqolalar, infografikalar va ijtimoiy tarmoqlar uchun maxsus materiallar tayyorlanadi. Bu esa jamoatchilikka, xususan, yosh avlodga Amir Umarxon davridagi adabiy muhitni yanada yaqinroq tanishtirish imkonini beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring