1 trln 197 mlrd so'm samarasiz xarajatlar. Davlat byudjeti mablagʻlari qayerga sarflanmoqda?

11:21 04 May 2019 Iqtisodiyot
1892 0

Illyustrativ foto

Oliy Majlis Senati yalpi majlisining ikkinchi kunida Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari O. Rustamovning palataning 2018 yilgi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti eshitildi.

Taʼkidlanganidek, Hisob palatasi 2018 yildagi faoliyatini nazorat tadbirlarida muammolarni aniqlash, sabablarini tahlil qilish, ularni hal etish va takliflar ishlab chiqish yoʻnalishida davom ettirgan.

Hisob palatasi tomonidan 2018 yilda 180 ta oʻrganish va nazorat tadbirlari oʻtkazilgan. Natijada byudjetga qoʻshimcha 4 trln. 722 mlrd. soʻmlik daromad manbalari aniqlangan. Bundan tashqari, 1 trln. 197 mlrd. soʻm va 74,2 mln. dollarlik moliyaviy xato-kamchiliklar va samarasiz xarajatlar aniqlangan.

Maʼruzachi Davlat byudjeti xarajatlarining samaradorligi va qonuniyligi yuzasidan oʻrganishlar (audit) oʻtkazib borilganini taʼkidladi.

Taʼlim va tibbiyot muassasalari moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan samarali foydalanilishi oʻrganilganda, quyidagilar aniqlandi:

Misol uchun, 4 ta oliy taʼlim obyektlari qurilishida 1,9 mlrd. soʻmlik qoʻshib yozish va ishlarni sifatsiz bajarish kabi kamchiliklar aniqlandi.

Masalan, 2016-2017yillarda rekonstruksiya qilingan Guliston davlat universitetining binosi boʻyicha 2018 yil sentyabrda qayta hisob-kitob qilinib, 1,6 mlrd. soʻm ortiqcha toʻlov amalga oshirilgan.

Bundan tashqari, Respublika yoʻl jamgʻarmasi hisobidan chetdan xarid qilinib, pudratchilarga berilgan 19 mlrd. soʻmlik bitum qiymati moliyalashtirish davrida ushlab qolinmaganligi aniqlandi.

 

Oʻrganishlarda 50 mlrd. soʻmga yaqin samarasiz xarajatlar, kamomad, qurilishda qoʻshib yozish kabi kamchiliklar aniqlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?