1-MDH oʻyinlarida medallarimiz soni 59 taga yetdi
Tatariston poytaxti Qozonda boʻlib oʻtayotgan 1-MDH oʻyinlaridan bugungi kungacha basketbol(3x3), boks, belbogʻli kurash, kurash, sambo,erkin va yunon-rum kurashi bellashuvlari poyoniga yetganidan xabaringiz bor.
Bugun 8-sentyabr kuni tay-boks, badminton, miltiqdan va stentdan oʻq otish, sport raqsi yoʻnalishlarida medallar uchun bahslar boʻlib oʻtmoqda.
Oʻzbekistonlik sportchilar asosiy yoʻnalishlarda medallarga daʼvogarlik qilishmoqda. Shuningdek, bugun kun davomida futzal boʻyicha “A” va “V” guruhlarida saralash musobaqalari boʻlib oʻtadi. Aytish lozimki, qurʼa natijasiga koʻra, “A” guruhida Rossiya, Oʻzbekiston, Moldova jamoalari oʻrin egallashgan. “V” guruhidan esa Belarus, Ozarbayjon, Qirgʻiziston joy olgan.
Kecha Belarus jamoasi Ozarbayjon futzalchilarini 6:0 hisobida magʻlub etgan boʻlsa, Rossiya –Moldova oʻyini 16:3 hisobida yakunlandi.
Bugun 8-sentyabr kuni Qirgʻiziston-Belarus va Rossiya- Oʻzbekiston oʻyini boʻlib oʻtadi. Ertaga 9-sentyabr kuni esa Ozarbayjon-Qirgʻiziston, Oʻzbekiston-Moldova bahsi oʻtkaziladi.
Hozircha “A” va “V” guruhlarida bittadan oʻyinni oʻz foydalariga hal qilgan rossiyalik va belaruslik yosh futzalchilar peshqadamlik qilishmoqda. Futzal musobaqasining gʻolib va sovrindorlari nomi 11-sentyabrda aniqlanadi.
OʻzAning xabar berishicha, 1-MDH oʻyinlarining bugun 8-sentyabrning birinchi yarmigacha boʻlgan vaqtda medallar jamgʻarish boʻyicha Rossiya 105 ta medallar shodasi bilan 1-oʻrinda borayotgan boʻlsa, 59 medalga ega boʻlgan Oʻzbekiston yosh sportchilari oltin medallar hisobida 2-oʻrinni egallab turibdi. Vakillarimizdan keyingi oʻrinlarni Ozarbayjon, Qozogʻiston va Belarus vakillari band etishgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring