1 kunda 900 xonadonga birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi (Foto)

Fargʻona viloyatida xayriyalarni muvofiqlashtirish markaziga aholini murojaatlari bilan tizimli ishlash va manzilli yordam koʻrsatish maqsadida 1197 qisqa raqami bilan “Call-markaz” tashkil etilgan. “Call-markaz”da Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining 10 nafar koʻngilli yoshlaridan iborat ishchi guruh shakllantirilib, aholidan tushayotgan murojaatlar tezkorlik bilan roʻyxatga olinmoqda.
Har bir tumanda shakllangan ishchi guruhlar aʼzolari maʼlumotlarni umumlashtirib manzilli roʻyxat asosida aholi uchun zarur boʻlgan birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari (un, guruch, kartoshka, yogʻ, piyoz, makaron, shakar, tovuq, tuxum, non) ni Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining 190 nafar koʻngilli yoshlari tomonidan 38 ta “Damas” avtomashinasi orqali manzillariga yetkazilmoqda.
Bugungi kunga qadar Fargʻona viloyati boʻyicha 1161 ta (1 kunda 900 ta, 2 kunda – 103 ta, 3 kunda 158 ta) xonadonlarga birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi mutaxassislari, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining koʻngilli yoshlari hamkorlikda Fargʻona viloyatida karantinga olingan shifokorlarning 30 ta xonadonlariga 10 turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishdi.
-Ushbu markazning toʻlaqonli faoliyatini yuritishi uchun Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining 150 nafardan ziyod koʻngilli yoshlari ixtiyoriy asosda faoliyat yuritmoqda,- deydi Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisi Axadjon Akbarov. -Shahar-tumanlardagi nazorat oʻtish postlariga, hududlarni gigiyenik tozalash ishlariga hamda karantinga olingan oilalarni kirish-chiqishlarini nazorat qilish uchun posbonlikka viloyat boʻyicha 300 nafardan ortiq volontyor yoshlar jalb etildi. Shuningdek, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Fargʻona viloyati va mahalliy Kengashlarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning tashabbuslari bilan markazga 4500 dona tuxum va 150 kg goʻsht mahsuloti yetkazib berilgan.
Elyorjon EHSONOV,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring