1 kilogramm palov tayyorlash qanchaga tushadi?

16:04 02 Iyul 2025 Jamiyat
210 0

Milliy statistika qoʻmitasi 2025-yilning iyun oyi holatiga koʻra 1 kilogramm palov tayyorlash uchun zarur boʻlgan mahsulotlar qiymatini hududlar kesimida hisoblab chiqdi.

Maʼlum boʻlishicha, bu miqdordagi palovni pishirishga eng kam xarajat Qoraqalpogʻistonda (97 684 soʻm), eng koʻpi esa Toshkent shahrida (116 267 soʻm) qilinadi.

Quyida mazkur narxlar hududlar kesimida:

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 97 684 soʻm;
  • Andijon viloyati – 104 449 soʻm;
  • Buxoro viloyati – 107 405 soʻm;
  • Jizzax viloyati – 108 900 soʻm;
  • Qashqadaryo viloyati – 110 211 soʻm;
  • Navoiy viloyati – 108 612 soʻm;
  • Namangan viloyati – 108 385 soʻm;
  • Samarqand viloyati – 111 681 soʻm;
  • Surxondaryo viloyati – 109 678 soʻm;
  • Sirdaryo viloyati – 104 623 soʻm;
  • Toshkent viloyati – 112 192 soʻm;
  • Fargʻona viloyati – 114 390 soʻm;
  • Xorazm viloyati – 105 215 soʻm;
  • Toshkent shahri – 116 267 soʻm.

Bir kilogramm palov uchun kerakli mahsulotlar:

  • kungaboqar yogʻi – 0,3 l;
  • piyoz – 300 gr;
  • mol goʻshti – 700 gr;
  • sabzi – 1 kg;
  • guruch – 1 kg;
  • noʻxat – 100 gr;
  • zira – 10 gr;
  • osh tuzi – 20 gr.

Taʼkidlanishicha, yuqoridagi raqamlar hududlarda sotilayotgan 1 kilogramm palovning narxiga toʻgʻri kelmaydi. Ularda palov tayyorlash va boshqa xizmatlar haqi ham qoʻshib hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?