1-avgustdan Raqamli kriminalistika institutiga bir qator huquqlar beriladi
2024-yil 1-avgustdan Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot institutiga bir necha huquqlar beriladi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Unga koʻra, Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot institutiga quyidagi huquqlar beriladi:
- raqamli kriminalistika boʻyicha sud ekspertizalari va tadqiqotlarni oʻtkazish;
- jinoyatlarning raqamli izlarini aniqlash, olib qoʻyish, saqlash va tadqiq qilish hamda oʻrganilgan maʼlumotlar boʻyicha xulosalar tayyorlash;
- raqamli kriminalistika sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislarni zamonaviy raqamli kriminalistika ekspertiza turlari boʻyicha masofaviy va anʼanaviy tarzda oʻqitish;
- raqamli kriminalistika faoliyatini amalga oshirish hamda maxsus kriminalistika laboratoriyalari ishini samarali tashkil etish uchun shartnoma asosida malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilish;
- ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari doirasida hamda texnik vosita va butlovchi ehtiyot qism sifatida foydalanish uchun Ichki ishlar vazirligida yuritiladigan raqamli axborot tashuvchi qurilmalar (mobil telefon, smartfon, planshet, kompyuter texnikasi, videoregistrator, qattiq disk, flesh xotira va tashqi jamlagichlar) kolleksiyasidan foydalanish;
- ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borish uchun zarur boʻlgan statistik va boshqa axborotni vazirliklar va idoralardan bepul asosda soʻrab olish.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring