1-apreldan soliqqa oid huquqbuzarliklarda koʻriladigan choralar tartibi belgilandi

12:06 28 Fevral 2025 Jamiyat
228 0

2025-yil 1-apreldan soliq organlari xodimlari tomonidan ularga biriktirilgan korxonalarda yoki mahallalardagi tadbirkorlik subyektlarida belgilangan soliqqa oid huquqbuzarliklar aniqlanganda koʻriladigan choralar tartibi belgilandi.

Bunda birinchi martada ogohlantirish, ogohlantirishdan soʻng 3 kun muddatda soliqqa oid huquqbuzarlik bartaraf etilmagani yoki takroran aniqlangani sayyor soliq tekshiruvini oʻtkazishga asos boʻlishi belgilandi.

Sayyor soliq tekshiruvini 24 soat ichida “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida roʻyxatga olish orqali Biznes-ombudsmanni xabardor qilish tartibida amalga oshirishga ruxsat berilmoqda. Tekshiruvi natijalari boʻyicha rasmiylashtirilgan dalolatnoma sayyor soliq tekshiruvi boʻyicha qaror qabul qilish uchun asos boʻlib hisoblanishi mumkin.

Bundan tashqari, yengil avtotransport vositalarida yoʻlovchilarni shahar, shahar atrofi va shaharlararo tashish faoliyati oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari roʻyxatiga kiritiladi hamda ular ushbu faoliyat bilan litsenziya varaqasi asosida shugʻullanishi belgilanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер