The Guardian Samarqandni 2019 yilda sayyohlar borishi shart boʻlgan maskanlar sirasiga kiritdi

Arxiv foto
Britaniyaning yetakchi nashrlaridan biri The Guardian 2019 yilda dam olish uchun borish lozim boʻlgan hududlar roʻyxatini tuzib chiqdi. Roʻyxatdan Samarqand shahri ham oʻrin oldi.
“2016 yilda Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Prezidenti sifatida faoliyatini boshlagandan soʻng mamlakatda oʻzgarishlar, islohotlar roʻy berdi. Mamlakatning dunyoga mashhur mehmondoʻstligi, ajoyib arxitekturasi va Buyuk Ipak yoʻli merosini koʻrishga intilgan sayyohlar uchun tezkorlik bilan rivojlana boshladi. Yangi joriy qilingan elektron vizalar eski jarayon bilan solishtirganda yoqimli shabadadek taʼsir koʻrsatdi. Bugun u yerga borish ham ancha qulaylashgan. Turk havo yoʻllari (Turkish Airlines), Istanbul-Samarqand marshrutini yoʻlga qoʻydi, natijada Oʻzbekistonning eng goʻzal shahrini Londondan faqat bitta bekat ajratib turadigan boʻldi; shaharlarni bogʻlab turadigan poyezdlar tarmogʻi sayyohlar uchun bir qator qulayliklarni taqdim etdi. Ammo bu degani poytaxt Toshkentni koʻrmasdan oʻtib ketish kerak degani emas, chunki bugungi kunda Toshkentning eng goʻzal meʼmoriy obyektlaridan biri boʻlgan metroda suratga olish uchun ruxsat berildi“, deyiladi nashrda eʼlon qilingan maqolada.
Maqolada Alisher Navoiy metro bekatiga “bekat XV asrda tugʻilgan shoirning nomiga qoʻyilgan boʻlib, devorlari buyuk adibning asarlaridan olingan epizodik sahnalar bilan bezatilgan“ deya taʼrif beriladi.
The Guardian eʼlon qilgan maqolada shuningdek Hindistonning Gujarat, Qirgʻiziston, Singapur, Shimoliy Vyetnam, Makao, Tayvan, Fransiyaning Normandiya va Lion, Farer orollari, Germaniya, Shveysariyaning Vevey, Sloveniya, Bolgariyaning Plovdiv, Portugaliyaning Madeyra orollari, Italiyaning Matera, Britaniyaning Bristol, Yorkshir, Manchester, Brayton, Portsmut, Shimoliy Irlandiya, AQSHning Nyu-York, Grand Kanon, Tennessi va Florida, Meksika poytaxti Mexiko, Argentina, Kuba poytaxti Gavana, Beliz orollari, Kolumbiyaning Los-Lanos, Yangi Zelandiyaning Gisborn, Tasmaniya vodiysi, San Tome va Prinsip orollari, Efiopiya, Ruanda, JARning Durban va Iordaniya kabi shaharlar va mamlakatlar nomi qayd etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Kadastr pasportlarini berish muddatlari oʻzgartirildi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- “Gʻalaba bogʻi”da mudofaa innovatsion texnologiyalari festivali oʻtkazildi—Fotoreportaj
- Prezident Makkada boʻlib turgan muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazar bilan telefonlashdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring