Samarqandda ayol 15 yoshli jiyanini sotmoqchi boʻldi
Samarqand viloyatida 15 yoshli jiyanini sotmoqchi boʻlgan ayol qoʻlga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar qildi.
Maʼlum boʻlishicha, bir fuqaro IIBga murojaat qilib, Kattaqoʻrgʻon tumanida yashovchi ikki ayol 15 yoshli bolani 50 million soʻmga sotmoqchiligi va pul talab qilganini bildirgan. U huquq-tartibot idoralariga audioyozuv koʻrinishidagi dalillarni taqdim etgan.
11-iyun kuni tezkor tadbir oʻtkazilib, ayollardan biri jiyani uchun 20 million soʻm olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq odam savdosi jinoyatini sodir etib Turkiyada yashirinib yurgan Oʻzbekistonlik ayol Toshkentga ekstraditsiya qilingani haqida xabar qilgandik. Jinoyatchi ayollarni aldab, ularni Turkiyaga olib kelgan. Shundan soʻng, qizlarning pasportlarini tortib olib, ularni fohishalik bilan shugʻullanishga majburlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring