Andijonda 24 ming 379 nafar fuqaroga 30 yil muddatga yer maydoni ijaraga berildi

16:09 01 Mart 2023 Jamiyat
749 0

Foto: Xalq so‘zi

Davlatimiz rahbarining 2022 yil 10-sentyabrda qabul qilingan «Dehqon xoʻjaliklarini tashkil etishni qoʻllab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori ijrosi doirasida Andijon viloyatida 24 ming 379 nafar fuqaroga dehqonchilik qilish uchun 3 ming 936 gektar yer maydoni ajratib berildi.

— Mahallamizda istiqomat qiluvchi 66 nafar fuqaro 15 sotixdan 30 sotixgacha boʻlgan yer maydonida ekin-tikin bilan shugʻullanadigan boʻldilar, — deydi Andijon tumanidagi «Sharq yulduzi» MFYdagi hokim yordamchisi Shohruxbek Abdullayev. — Ular oʻzlariga ajratilgan yerda sabzavot, poliz va dukkakli ekinlarni parvarishlab, oʻzini oʻzi band qilish va moddiy taʼminotlarini yaxshilash imkoniga egalar. Yer maydonlari aholi yashash joylariga yaqin va sugʻorish taʼminoti yaxshi yoʻlga qoʻyilgan.

Yuqoridagi qarorga koʻra, viloyatda hozirga qadar 5 ming 155 gektar yer maydoni ochiq elektron tanlovga qoʻyilgan boʻlib, 30 yil muddatga ijaraga berilmoqda. Bu orqali har bir oiladan kamida ikki kishi bandligi taʼminlanishi bilan bir qatorda daromad manbai ham yaratilyapti.

Saminjon HUSANOV, «Xalq soʻzi».

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер