Xitoy kemalari va samolyotlari Tayvanni qurshab olgan — Tayvan Mudofaa vazirligi

18:41 19 Sentyabr 2022 Dunyo
1560 0

Arxiv surat

Tayvan Mudofaa vazirligi Xitoy Xalq Respublikasining toʻqqizta samolyoti va beshta kemasi orolni oʻrab olgani haqida xabar berdi.

Joriy yilning 19-sentyabr, dushanba kuni Xitoy armiyasining toʻqqizta samolyoti va beshta kemasi Tayvanni qurshab oldi. Ayni vaqtda Xitoyning ikkita samolyoti Tayvan boʻgʻozining oʻrta chizigʻini kesib oʻtdi, deya xabar beradi orol Mudofaa vazirligi.

16-sentyabr kuni AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi direktori oʻrinbosari Devid Koen Xitoy yetakchisi Si Szinpin goʻyoki 2027-yilgacha Tayvanni egallashni rejalashtirayotganini maʼlum qildi. Kontrrazvedka xodimining soʻzlariga koʻra, Xitoy rahbari oʻz harbiylariga orolni egallash uchun Xitoy Xalq ozodlik armiyasini tayyorlashni buyurgan. Shu bilan birga, Koen Vashington Pekin rejalarni amalga oshirishga qanchalik tayyor ekanligiga ishonchi komil emasligini taʼkidladi.

Tayvan boʻgʻozidagi mojaroning kuchayishi joriy yilning avgust oyi boshida AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining oroliga safari fonida boshlangan edi. Tayvan hukumati hanuzgacha Xitoy Xalq Respublikasi harbiylari oʻrta chiziqni buzayotgani haqida xabar bermoqda. 

Pekin amerikalik siyosatchining orolga tashrifini uchta AQSH-Xitoy kommyunikesida mustahkamlangan “yagona Xitoy” tamoyiliga eʼtibor bermaslik deb baholadi. Unga koʻra, xalqaro hamjamiyat Xitoy va Tayvanni yagona davlat sifatida tan oladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер