III Paraosiyo oʻyinlari gʻolib va sovrindorlariga qancha pul mukofotlari berilishi maʼlum boʻldi
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
2018 yilning oktyabr oyida Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida oʻtkazilgan III Paraosiyo oʻyinlarida sovrindor boʻlgan sportchilar pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Bu haqda Bu Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi.
Manbaga koʻra, 4 dekabr kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning sportchilarni mukofotlash toʻgʻrisida farmoyishi imzolangan.
Unga koʻra, Paraosiyo oʻyinlari oltin medali sohiblari 5000, kumush medal sovrindorlari 3000, bronza medaliga ega chiqqan sportchilar esa 2000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot puli bilan taqdirlanadi.
Ushbu pul mukofotlari III Paraosiyo oʻyinlarida gʻolib va sovrindorlarni taqdirlash uchun tashkil etiladigan taqdirlash marosimida oʻz egalariga topshiriladi.
Oʻzbekiston paralimpiya terma jamoasi musobaqada 35 oltin, 24 kumush va 18 bronza, jami 77 ta medalni qoʻlga kiritib, umumjamoa hisobida kuchli beshlikdan oʻrin egallagan. Oʻzbekiston delegatsiyasi musobaqada 54 nafar sportchi bilan ishtirok etib, musobaqa tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring