Har bir ishda kamarbasta boʻlgan fozila ayollarimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz — Shavkat Mirziyoyev

17:29 01 Mart 2022 Siyosat
1205 0

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yangi bosqichga koʻtarish va ayollarning jamiyatdagi oʻrnini yanada yuksaltirish va mustahkamlash, shuningdek, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, oilaviy zoʻravonlikning oldini olish, gender tenglikni qaror toptirishga qaratilgan muhim chora-tadbirlar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

«Bugun, sizlar bilan bahorning birinchi kunida hammamiz uchun muhim boʻlgan masala – xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlash boʻyicha eng dolzarb vazifalarni belgilab olamiz.

Sizlarga maʼlumki, koʻp ming yillik davlatchiligimiz tarixida buyuk namoyandalarimiz, mohir sarkarda va siyosatchi boʻlgan ota-bobolarimiz yonida hamisha oqila, jasur va fidoyi momolarimiz ham oʻzlarining yuksak aql-zakovati, teran fikr va mulohazalari, amaliy harakatlari bilan mamlakat taraqqiyoti va ravnaqiga munosib hissalarini qoʻshib kelganlar.

Biz oʻtmishni yodga olar ekanmiz, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qoʻshgan ajdodlarimiz, jahongir bobolarimiz qatorida, mana shunday buyuk insonlarni dunyoga keltirib, mehr bilan tarbiyalagan, ularni ulugʻvor ishlarga ruhlantirib, har bir ishda kamarbasta boʻlgan fozila ayollarimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz», dedi davlatimiz rahbari yigʻilish avvalida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?