Buxoroda ota oʻz farzandiga buyragini berdi
Foto: Халқ сўзи
Ota-ona borki, bir umr “Farzandim” deb yashaydi. Mabodo jigarbandi salomatligini yoʻqotsa, ular bor halovatidan ayriladi. Buxoro shahrida yashovchi 62 yoshli Xalil Safarov ham oʻgʻli Salomatning sogʻligini oʻylab iztirob chekar, shu bilan birga uning tuzalib ketishidan umidvor edi.
Taqdirni qarangki, ota farzandining xaloskoriga aylandi. Ancha yillardan buyon buyrak yetishmovchiligi xastaligi bilan davolanib kelayotgan oʻgʻliga oʻz buyragini berishga qaror qildi. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialida yetakchi mutaxassislar tomonidan oʻtkazilgan ushbu murakkab jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli kechdi. Eʼtiborlisi, bu mazkur filialda buyrak transplantatsiyasi bilan bogʻliq ilk amaliyot boʻldi.
Filial shifokorlarining taʼkidlashlaricha, ota-oʻgʻilning ahvoli durust. Ular sogʻligi tibbiy standartlarga muvofiq nazorat qilib borilmoqda. Filialda yaqin oylar davomida oʻndan ziyod xuddi shunday jarrohlik amaliyotlarini oʻtkazish koʻzda tutilgan.
Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring