Samarqandda joriy yilda 467 gektar bogʻ va tokzorlar buziladi
Foto: Халқ сўзи
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda mavjud yer resurslaridan oqilona foydalanish, hosildorlikni oshirish, jahon talablariga mos eksportbop mahsulotlar yetkazib berish, ayni jarayonda innovatsion texnologiyalarni, rivojlangan davlatlar tajribasini qoʻllash respublikamiz agrosanoat tizimi oldidagi dolzarb vazifalardan sanaladi.
Shunga koʻra Vazirlar Mahkamasining 2019-yildagi tegishli qarori asosida tasdiqlangan Iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosil beradigan bogʻ va tokzorlarni yaroqsiz deb topish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq joriy yilda Samarqand viloyatida jami 467 gektar bogʻ va tokzorlar buzilishi rejalashtirildi.
— Iqtisodiy jihatdan samarasiz deb topilgan ushbu bogʻ va tokzorlarni buzish yilning bahor va kuz fasllarida amalga oshiriladi, — deydi “Oʻzagroinspeksiya”ning Samarqand viloyat boshqarmasi bosh inspektori Xushnud Nurbekov. — 2022-yilda viloyat boʻyicha jami 67 gektar, shundan Oqdaryo tumanida 11 gektar va Samarqand tumanida 56 gektar tokzorlar buziladi. 400 gektar maydondagi iqtisodiy jihatdan samarasiz bogʻlarning ham bahridan kechishga toʻgʻri keladi. Shundan Jomboy tumanida bahor faslida 20 gektar, kuzda 75 gektar, Nurobod tumanida bahorda 100 gektar, Pastdargʻom tumanida kuz faslida 70,3 gektar hamda Samarqand tumanida bahor faslida 101 gektar bogʻlar buziladi.
Xoʻsh, buzilgan bogʻ va tokzorlar oʻrnidagi yerlar taqdiri nima boʻladi?
Bu savolimizga javoban suhbatdoshimiz, albatta, yangi bogʻ va tokzorlar barpo etilishini taʼkidladi.
Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring