Jo Baydenning davolovchi shifokori uning sogʻligʻi yomonlashgani haqida gapirdi
Foto: AP
Jo Baydenning davolovchi shifokori Kevin OʻKonnor AQSH prezidentining sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolar kuchayganligi haqida gapirdi.
OʻKonnor Oq uy rahbari tez-tez tomogʻini qirishini taʼkidlab, uzoq vaqt davomida kuzatilgan bu alomat batafsilroq tekshirishni talab qilishini qoʻshimcha qildi.
Bundan tashqari, Baydenning yurishi yil davomida sezilarli darajada oʻzgargan.
Amerika yetakchisi atriyal fibrilatsiya, giperlipidemiya (qonda yogʻ miqdori koʻpligi), gastroezofagial reflyuks, mavsumiy allergiya va oyoqlarning yengil sensorli neyropatiyasidan davolanmoqda.
Shunga qaramay, OʻKonnor Qoʻshma Shtatlar prezidenti oʻz vazifalarini hech qanday istisnosiz bajarishi mumkin degan xulosaga keldi.
Bayden bugun 79 yoshga toʻldi. U bir kun oldin davlat rahbari sifatida birinchi marta tibbiy koʻrikdan oʻtdi. AQSHda prezidentni sogʻligʻiga oid maʼlumotlarni oshkor qilishga majburlovchi qonun yoʻq. Shunday boʻlsada, Oq uy rahbarlari doim bunday maʼlumotlarni oʻz fuqarolariga yetkazishni maʼqul koʻrishgan.
Oldinroq, Jo Bayden oʻz vakolatlarini vitse-prezident Kamala Xarrisga topshirgani haqida xabar bergan edik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring