Samarqand viloyatida elektromobillarni zaryadlovchi ilk qurilma ish boshladi
Oʻzbekistonda yildan-yilga elektromobillar soni koʻpayib, aholining bu turdagi mashinalarga qiziqishi ortib boryapti. Bu esa oʻz-oʻzidan bunday transport vositalarini quvvatlovchi bekatlarni tashkil etishni taqozo etadi.
Mamlakatimizda ularni quvvatlantirish uchun birinchi elektr zaryadlovchi qurilmalar Fargʻonada, keyin Toshkent shahri va Toshkent viloyatida paydo boʻlgan edi. Hozirga kelib esa yurtimizning turli burchaklarida 23 ta zaryadlovchi qurilmalar faoliyat koʻrsatmoqda. Bu koʻrsatgich bundan bir yil oldin atigi 3 ta edi. Yaqinda esa Samarqand viloyatida ham ana shunday bekat oʻz ishini boshladi.
Mazkur bekat M-39 avtomobil yoʻlining Bulungʻur tumanidan oʻtuvchi qismida joylashgan. Bu esa Respublikamizning istalgan hududiga ketayotgan elektromobil haydovchilari uchun katta qulay yaratadi. Ushbu uskuna 2 soat davomida avtomobillarni energiya bilan quvvatlaydi va bu avtomobilni 500 kilometr yoʻl bosishiga toʻliq yetadi. Ish boshlaganiga koʻp vaqt boʻlmasada, mazkur bekatdan foydalanuvchilar soni anchaginani tashkil qilmoqda.
Agarda mazkur bekatni katta yoʻl yoqasida joylashganini hamda viloyatga ichki turizm sifatida tashrif buyuruvchilar soni koʻpligini hisobga olsak, ushbu qurilmaga ehtiyoj nechogʻli katta ekanini bilish qiyin emas. Albatta, bu yurtimizda har bir tarmoqni tobora rivojlanib borayotganidan, taraqqiyot esa zamon bilan hamnafas ekanidan dalolatdir.
Abdulaziz Yoʻldoshev
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
- Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida qisqa fursatga toʻxtagan Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni bilan uchrashuv oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring